Sulsher MYUga qaytishi mumkin

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shartnomaning muddatiga qaramasdan, klubni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida yana boshqarishga tayyor ekanini bildirmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati hozircha yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti va ushbu lavozim uchun nomzodlarni baholashda davom etmoqda. Shu hafta jamoani vaqtinchalik Darren Fletcher boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Ole-Gunnar Sulsher avval ham – 2018-2021 yillar davomida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan. Norvegiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Turkiyaning “Beshiktosh” klubi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar kuni “Manchester Yunayted” klubi Ruben Amorimni bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilganini e’lon qilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu jamoani 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha boshqarib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher “Manchester Yunayted” Fabritsio Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing