So‘x va Unkar-Too masalasi: Mirziyoyev va Japarov aslida nimaga kelishib olgandi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi anklav hududi So‘x tumani uchun yo‘lak berilishi to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov aytib o‘tdi, deb yozmoqda “24.kg” nashri.

Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari natijasiga izoh bergan. Unga ko‘ra, ikki Respublika rahbarlari barcha chegara masalalarini yaqin uch oy ichida hal qilishga kelishib olgan.

Sadir Japarovning ta’kidlashicha, tomonlar ushbu mavzu bo‘yicha jiddiy kelishmovchilikka ega emas va 24-25 mart kunlari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev zarur hujjatlarni imzolash uchun O‘zbekistonga keladi.

Shuningdek, Japarov so‘nggi kunlarda jamoatchilik tomonidan faol muhokama qilinayotgan Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan O‘zbekistonning So‘x anklavi atrofidagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan.

“Biz So‘xga aviaqatnovni ochishimizni aytdik, shuningdek, nazorat punktlarini ham qayta ochishni rejalashtirganmiz. Ammo internetda muxolifatchilar va egri fikrga ega odamlar So‘xga yo‘lak va suv berilishi hamda yo‘l ochilishi to‘g‘risidagi fikrlarni yoyishni boshladi. Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Unkur-Too masalasiga kelsak, Shavkat Mirziyoyev u hududga da’vo qilmasliklarini aytdi”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev, Botkenda mahalliy aholi bilan uchrashuv paytida O‘zbekistonning So‘x anklavi koridorga ega bo‘lmasligini o‘z navbatida, rasmiy Toshkent Qirg‘iziston bilan chegara hududda joylashgan bahsli Unkur-Tooga da’vo qilmasligini aytdi. 

Avvalroq Sadir Japarovning Matbuot kotibi Galina Bayterek Qirg‘iziston tomoni Respublika hududida joylashgan O‘zbekistonning So‘x anklaviga transport va aviaqatnovni ochishga tayyorligi haqida xabar tarqatgan edi. Ammo keyinchalik ushbu ma’lumotlar tuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

So'x Unkar-Too

Baholaganlar

1303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing