“So‘g‘diyona” O‘zbekiston MTJning sobiq a’zosi bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
27 dekabr 2024 4722 1 daqiqa
Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Yegor Krimetsni tarkibga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etayotgan “So‘g‘diyona” yana bir tajribali futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub O‘zbekiston terma jamoasi sobiq a’zosi, mahoratli himoyachi Yegor Krimets bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv 2025 yilning oxirigacha amal qiladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan mavsumni “Surxon”da o‘tkazgan. Futbolchilik faoliyati davomida u “Paxtakor”, “Beyjing Goan”, “Navbahor”, “Surxon” klublarida to‘p tepgan. O‘zbekiston terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2013 yilda o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyning “Qizilqum” klubi o‘z safiga taniqli darvozabon Sanjar Quvvatovni qo‘shib olgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr