O‘FA 3 ta klubdan transfer taqiqini olib tashladi
Sport
−
16 yanvar
1224O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashkilot va Futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi qarorlari talabiga bepisand munosabatda bo‘lib kelayotgani, o‘z futbolchi va murabbiylari oldidagi qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani, shuningdek, futbol klublari hamda hududiy futbol akademiyalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalarida mavjud shartlarni bajarmay kelayotgan 6 ta klubning 3 tasiga qo‘yilgan taqiqni shartli ravishda bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “So‘g‘diyona”, “Dinamo” va “Aral” klublaridan transfer taqiqi shartli ravishda olingan. Bunga sabab sifatida mazkur klublarning transfer taqiqi sabablarini bartaraf etish yuzasidan Assotsiatsiyaga kafolat bergani qayd etilgan.
Bungacha O‘FA “Buxoro” va “Qizilqum” klublariga qo‘yilgan transfer taqiqni bekor qilgandi, chunki mazkur klublar ham assotsiatsiya talabini to‘liq bajargan.
LiveBarchasi