“So‘g‘diyona”ning serbiyalik darvozaboni yosh bolalarni haqoratladi (video) 

Sport

image

Kecha, 11 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” va “So‘g‘diyona” klublari o‘zaro bahs olib bordi. Farg‘ona viloyatidagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuv 0:0 ko‘rinishida nursiz durang bilan yakunlandi. 

Uchrashuvning ikkinchi 45 daqiqaligi juda ham asabiy tarzda o‘tdi. Bahs davomida bosh hakam Rustam Lutfulin tomonidan o‘yin ishtirokchilariga jami 11 ta sariq kartochka ko‘rsatildi hamda mezbonlar futbolchisi uchrashuv yakunida maydondan chetlatildi. 

O‘yin davomida “So‘g‘diyona”ning serbiyalik darvozaboni Milan Mitrovich darvoza ortidagi to‘p uzatuvchi yosh futbolchilar va stadion xodimlarini noma’lum sababdan haqorat qilib, ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqardi. Buning ortidan mahalliy muxlislar uchrashuv hakamlari va mehmon jamoa a’zolariga qarata turli buyumlarni uloqtirib keskin norozilik bildirdi. 

Keyinchalik O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, sodir bo‘lgan vaziyat Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilishi va mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi. 

“Mazkur holat O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi va aybdorlarga tegishli choralar ko‘riladi. Futbolchilar har qanday ehtirosli holatda ham o‘zini professional sportchidek tutishi zarur”, deyiladi assotsiatsiya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Neftchi So'g'diyona Milan Mitrovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made