“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga alohida modda kiritildi
Jamiyat
−
11 mart 2020
5504“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlashga oid alohida modda kiritildi. Unga ko‘ra, sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvini hisobga olib, muhokama natijasidan manfaatdor shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda taqsimlanadi.
Bu haqda joriy yilning 10 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunida so‘z boradi.
Qonunga muvofiq, sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeks da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkinligiga oid norma bilan to‘ldirildi.
“Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15