Sudanda ko‘chki oqibatida kamida ming kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 31 avgust kuni G‘arbiy Sudandagi Marra tog‘lari hududida yuz bergan ko‘chki oqibatida kamida ming kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ko‘chki bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irlardan so‘ng yuz bergan. Ushbu hududdagi qishloq butunlay yer bilan yakson bo‘lgan. Sudan ozodlik harakati (Darfurdagi harbiy guruh) BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga halok bo‘lganlarning jasadlarini chiqarishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar urushi sababli aholi Sudandagi Marra tog‘lari hududida panoh izlagan. Bunga 2019 yildagi harbiy to‘ntarish sabab bo‘lgan. O‘sha paytda mamlakat prezidenti Umar al-Bashir hokimiyatdan ag‘darilgan. Hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Suveren kengash tarkibiga armiya hamda qurollangan Tezkor reaksiya kuchlari (RSF) vakillari kirgan. Armiya va RSF tezkor kuchlarini davlatning qurolli tuzilmalariga integratsiya qilish borasida kelisha olmagach, 2023 yilda ular o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda mamlakat tarixidagi eng og‘ir zilzilalardan biri sodir bo‘lgani va u 800 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lib, kamida 2800 kishini yarador qilgani haqida xabar berilgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Sudan ko'chki Marra tog'lari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing