Sudanda harbiy samolyot quladi. 46 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Sudan davlatining poytaxti Xartum shahrida harbiy samolyot qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 25 fevral kuni kechki payt Sudan armiyasi samolyoti harbiy aeroport yaqinidagi turarjoy hududiga  qulab tushgan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, halokat oqibatida 10 kishi jarohatlangan va qurbon bo‘lganlar soni 46 nafarga yetgan.

“Samolyot Omdurmanning Karrari tumanida fuqarolik uyi ustiga qulagan. Samolyot bortidagi ekipaj a’zolari va sudanlik harbiylardan tashqari, turarjoy binosidagi tinch aholi vakillari ham fojia oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Qurbonlar orasida Xartumdagi yuqori martabali qo‘mondon, general-mayor Bahr Ahmad ham bor bo‘lishi mumkin” , deyiladi xabarda

2023 yil aprelidan buyon harbiylashtirilgan Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari (RSF) bilan urush olib borayotgan Sudan harbiylari hodisa sababli harbiy xizmatchilar va tinch aholi vakillari halok bo‘lganini tasdiqlovchi bayonot berib, o‘t o‘chirish guruhlari halokat joyida yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lganini va hozir hududda qidiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Bayonotda halokatga nima sabab bo‘lgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan, ammo harbiy manbalarning yozishicha, bu katta ehtimol bilan texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvan sharqidagi Taydun shahri yaqinida Brave Eagle o‘quv samolyoti halokatga uchraganligi haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sudan samolyot qulashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing