Sudan armiyasi Xartumdagi muhim harbiy bazani egallaganini e’lon qildi

Olam

image

Sudan armiyasi mamlakat zirhli kuchlarining poytaxt Xartum janubida joylashgan asosiy bazasi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani haqida da’vo bilan chiqdi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

“Xartum janubidagi El-Shajar hududidagi zirhli bazaning xavfsizligi ta’minlandi. Bundan tashqari, tezkor harakat kuchlari atrofdagi hududlardan chiqarib yuborildi”, deyiladi xabarda.

Hozircha maxsus kuchlardan rasmiy izoh olinmagan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Sudan Qurolli kuchlari poytaxtdagi Tezkor harakat kuchlari pozitsiyalariga havo zarbalarini berishda davom etmoqda, artilleriya otishmalari ham eshitilmoqda.

Qo‘shni Omdurman shahrida ham shiddatli janglar ketmoqda.

So‘nggi haftalarda yirik harbiy texnika jamlangan Xartumdagi zirhli kuchlar bazasi atrofida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Armiya bir necha bor maxsus kuchlarni ob’ektdan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ular yaqin atrofdagi hududlardan yangi hujumlarni boshladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Sudan Xartum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing