Sud Jonni Depp ishi bo‘yicha hukm chiqardi
Madaniyat-san’at
−
02 iyun 2022
17207Sudyalar kengashi taniqli aktyor Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Xyordni tuhmatda aybdor deb topdi. Endilikda Xyord Deppga 15 million dollar to‘lashi kerak.
Shu bilan birga, sudyalar kengashi aktyor Xyordni advokati orqali obro‘sizlantirganini, buning uchun unga 2 million dollar to‘lashi kerakligini ham asosli deb topgan.
Depp 2018 yilda Ember Xyordning “Washington Post” gazetasida chop etilgan maqolasidan so‘ng sudga murojaat qilgan. Maqolada ayol o‘zini “oiladagi zo‘ravonlik muammosini ifodalovchi jamoat arbobi” deb atagan.
Jonni Deppning ta’kidlashicha, u shundan so‘ng katta yo‘qotishlarga uchragan, masalan, u Warner Bros kinokompaniyasi bilan “Fantastic Beasts”filmidagi beshta kartina uchun tuzilgan shartnomasini yo‘qotgan.
Sobiq juftlik o‘rtasidagi sud jarayoni aprel oyida boshlangan, sudyalar tomonlar va ularning guvohlarining 100 soatlik ko‘rsatmalarini tinglagan. 2019 yilda boshlanishi kerak bo‘lgan sud jarayoni jahon hamjamiyatining alohida e’tiborini jalb qilgan holda, koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan edi.
LiveBarchasi