Sudyalar oliy kengashida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
27 yanvar
7196Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlashga doir ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda vakolat muddati yakuniga yetgan sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Ilhom Yo‘ldoshev Bobojonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- Hasan Mamarasulov Boltaboyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati Forish tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- G‘ulomjon Kushiyev Yoqubjonovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Xorazm viloyati Urganch tumanlararo ma’muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
- Aziz Bo‘riyev Abdukaimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
- Muzaffar Hakimov Abdullayevich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, vakolat muddati yakuniga yetgan:
- Dilshod Soatov To‘ychiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyati Chust tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Dilmurod Ochilov Madaminovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Sardorbek Matniyozov Hojinazarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Abdusaid Hojiyev Xudoyberdiyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Abror Qudratov Hamidullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Feruza Mo‘minova Ismoilovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Latofat Muhammadiyeva Asqarovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Majid Nabiyev Sa’dullayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
- Tolmas Jabborov Ro‘zimurodovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
- Rustam Hoshimov Furkatovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Bolat Sultonov Rahmonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi