Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
22 iyun
5239Bugun, 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, muhokama yakunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan, Muzaffar Zafarovich Kukiyevni besh yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a’zosi – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Xudoyqul Tojiyevich Azizov, Asqarjon Boyisovich G‘afurov va Ahrorxon Mo‘minovich Hoshimxonov besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi lavozimiga saylangan.
Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi Qahramon Uljayevning vakolati esa muddatidan ilgari tugatilgan.
“Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uzbekistan Airports” AJga yangi rahbar tayinlangandi.
LiveBarchasi