Lindsi Grem “kutilmagan” kasallikdan vafot etdi
Olam
−
12 iyul 7701 2 daqiqa
Kecha, 11 iyul kuni amerikalik senator Lindsi Grem 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning ofisi bayonot berdi.
“Shanba oqshomi, 11 iyul kuni AQSH senatori Lindsi Grem qisqa muddatli va to‘satdan paydo bo‘lgan kasallik tufayli vafot etdi. Senator Gremning oilasi ushbu damdagi duolarni yuksak qadrlaydi va bu juda og‘ir davrda shaxsiy hayot daxlsizligini so‘raydi”, deyiladi xabarda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Lindsi Gremning vafotiga munosabat bildirib, uni o‘zi qachonlardir bilgan eng buyuk insonlar va senatorlardan biri deb atagan.
“U har doim mehnat qilardi va haqiqiy Amerika vatanparvari edi. Lindsining o‘rni juda bilinadi”, deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vidolashuv marosimi va dafn marosimi haqidagi ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.
Qayd etish joiz, joriy yilning 10 iyul kuni Lindsi Grem hali Kiyevda bo‘lib, u yerda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi.
Ma’lumot uchun, siyosatchi Senatning eng ko‘zga ko‘ringan a’zolaridan biri hisoblanib, u yerga ilk bor 2002 yilda saylangan. U Rossiya rasmiylarini keskin tanqid qilib kelgan, Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlagan, Kiyevga bir necha bor tashrif buyurgan hamda Ukrainaga yordam berish va Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihalari hammuallifi bo‘lgan.
Lindsi Grem, shuningdek, AQSHning Eronga qarshi amaliyotini qo‘llab-quvvatlagan va Isroilni yoqlab chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatarni 18 yil davomida boshqargan sobiq amir Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi