Sudyalar qancha oylik oladi?
Jamiyat
−
22 iyun 2021
36747Bugungi kunda O‘zbekistonda sudyalar ish hajmiga ko‘ra, o‘rtacha 16 mln maosh oladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Jalilov Sudyalar oliy kengashida o‘tkazilgan Matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Jalilovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yildan boshlab sudyalarning maoshi oshirilgan. Ammo ularning oyligini xizmat siri bo‘lgani uchun oshkor qilib bo‘lmaydi. Biroq hozirgi kunga qadar oylik ish haqlarining oshishi oqibatida korrupsiya holatlari kamaygan.
“Ayrim holatlarda xizmat siri yoki davlat siri bo‘lgani sababli maoshlar oshkor qilinmaydi. Sudyaning yashab turgan hududi, ish hajmi hisobga olinib, 18-21 razryadlarda oylik ish haqi belgilanadi.
Misol tariqasida aytish mumkin 18 razryadda ishlaydigan sudyalar oylik ish haqqi 16 mlndan boshlanadi. Har bir sudya ko‘radigan ishining hajmiga qarab 17-18 mln va undan ortiq maosh olishi mumkin. Oylik maoshlari oshirilgan, ijtimoiy jihatdan himoya qilinish darajamiz ko‘tarilyapti”, deydi Jalilov.
Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, sudyalarning maoshi oshirilishi ularga bo‘ladigan e’tibor, ish samaradorligiga ham yaxshi ta’sir qiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr