Sud Trampning tug‘ilganlik asosida fuqarolik olish huquqini cheklovchi farmonini to‘xtatdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning tug‘ilganlik asosida fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan farmoni Federal sud tomonidan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Vashington shtati Sietl shahridagi federal sudya Jon Koenurga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Mazkur ish bo‘yicha sudga Vashington, Illinoys, Oregon va Arizona shtatlari bosh prokurorlari murojaat qilgan. Ularning ta’kidlashicha, Tramp farmoni 150 mingdan ortiq bolani o‘z huquqlaridan mahrum qilib, ularning bir qismini fuqaroliksiz qoldirishi mumkin. Sudya Koenur bu farmonni ochiq-oydin konstitutsiyaga zid, deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp joriy yilning 20 yanvar kuni Oq uyga qaytganidan so‘ng bir nechta farmonlarga imzo chekkan, ulardan biri AQSH hududida tug‘ilgan har bir kishiga avtomatik ravishda fuqarolik berishni cheklashga qaratilgan edi. Bu huquq AQSH Konstitutsiyasining 14-tuzatmasi bilan kafolatlanadi. Biroq Trampning ushbu farmoniga 22 ta AQSH shtati bosh prokurorlari norozilik bildirdi va sudga murojaat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing