Sud Trampning “firibgarlik faoliyati”ga nuqta qo‘ymoqchi
Olam
−
04 noyabr 2022
3570Nyu-York sudi AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp shirkatida “firibgarlik faoliyati” davom etmasligi uchun Tramp tashkilotini tashqi kuzatuvga o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Qaror kompaniyaning bitimlar tuzish, aktivlarini sotish va korporativ tuzilmani o‘zgartirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Sudya Artur Engronning ta’kidlashicha, Tramp va uning kompaniyasi firibgarlikka moyillik ko‘rsatgan va uchinchi tomon nazoratchisining tayinlanishi da’vo jarayoni tugaguniga qadar keyingi firibgarlik yoki noqonuniy faoliyatning oldini oladi.
Nyu-York sudi soliq imtiyozlari va boshqa iqtisodiy foyda olish uchun moliyaviy hisobot qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgan Trump Organization kompaniyasiga qarshi shtat fuqarolik da’vosini ko‘rib chiqmoqda. Tramp tashkilotiga qarshi jami 10 ta jinoiy ish ochilgan.
Nyu-York bosh prokurori Letitsiya Jeyms boshchiligidagi prokuratura Trampning kompaniyasi soliq deklaratsiyasida past qiymatni taqdim qilib, lekin soliq imtiyozlarini olish va kreditorlarni hayratda qoldirish uchun yuqori qiymatdan foydalangan holda qonunni buzgan yoki yo‘qligi bilan qiziqmoqda. Demokratik partiya a’zosi Jeyms 250 million dollar jarima to‘lash va respublikachi Trampning shtatda biznes yuritishini doimiy taqiqlashni talab qilmoqda. Sobiq prezident barcha ayblovlarni rad etgan.
Tramp sudyaning qarorini tanqid qilib, uni “Nyu-York bosh prokurorining qo‘g‘irchog‘i va Respublikachilar partiyasining boshqa qasamyodli dushmanlari”deb atadi.
“Bu bizning sohilimizga kelgan kommunizmdir. Biznes Nyu-Yorkdan boshqa shtatlar va mamlakatlarga qochib ketadi, allaqachon shunday bo‘lyapti ham. Bugungi kulgili qaror siyosiy motivlarga ega”, deydi sobiq prezident bayonotida.
U Nyu-York va Florida sudlarini bu inkvizitsiyani to‘xtatishga chaqirdi.
“Biz radikal zulmga qarshi kurashishimiz va mamlakatimizni qutqarishimiz kerak”, deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi ikkinchi dekadasida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Nyu-York shtati Bosh prokuraturasi tomonidan o‘zining Trump Organization kompaniyasidagi moliyaviy firibgarlikda ayblanayotgani haqida xabar qilingan edi.
Ayblanuvchilar – Trampning o‘zi, uning farzandlari kichik Donald, Erik va Ivanka, Tramp tashkilotining sobiq moliya direktori Allen Vaysselberg va uning yordamchisi Jeffri MakKoni. Prokuratura ayblanuvchilar 2011 va 2021 yillar oralig‘ida Trampning yillik moliyaviy hisobotlarini ortiqcha yoki kam hisobot berish bilan bog‘liq sxema bilan shug‘ullanganini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi