Sud Ortiqxo‘jayevning “Universam” joylashgan yerni tortib olish bo‘yicha qarorini bekor qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 yanvar kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida Yunusobod tumani Ahmad Donish va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidagi 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan 6 ga yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olish to‘g‘risidagi hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ish sudya D. Toshev tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, arizachi “Uy ro'zg'or mollari” MCHJ, “Nur sexri oshiyoni” MCHJ, “Zar-ziynat biznes” MCHJ, “Saida-baroka” XK, “Glorius justice” MCHJ, S. Rososhanskaya va “Emisun market” XKning talablari to‘liq qanoatlantirildi.

Sud qarori bilan Toshkent shahar hokimining 2018 yil 27 noyabrdagi “Yer maydonlarida obodonlashtirish va buzish ishlarini olib borish haqida”gi 1667-sonli, 2019 yil 31 dekabrdagi “URBAN DEVELOPERS” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga yer maydonini ajratib berish haqidagi 1879-sonli va Yunusobod tuman hokimining 2018 yil 18 dekabrdagi “Toshkent shahar hokimining 2018 yil 27 noyabrdagi qarori ijrosi haqida”gi 2102-sonli qarorlari haqiqiy emas deb topildi.

Qayd etilishicha, hal qiluv qarori ustidan qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 30 kun ichida Toshkent shahar ma’muriy sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent er

Baholaganlar

433

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing