Suares terma jamoadagi faoliyatini yakunladi (video)

Sport

image

Amerikaning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Luis Suares Urugvay terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchining o‘zi Gvatemalaga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

37 yoshli Suares Urugvay terma jamoasida 2007 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchi shu vaqt ichida terma jamoa safida 142 ta o‘yin o‘tkazib, 69 ta gol urgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Urugvay terma jamoasi tarkibida futbolchi 2011 yilgi Amerika Kubogida g‘olib chiqqan.

Amerika Kubogi-2024'da Suares Urugvay termasi bilan birgalikda turnirning yarim finaliga qadar yetib borib, finaloldi bahsda Kolumbiya terma jamoasiga yutqazdi (0:1). 3-o‘rin uchun bahsda Urugvay terma jamoasi Kanada terma jamoasini mag‘lub etdi (2:2, 4:3 penaltilar). Turnirda Suares 4 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay Luis Suares Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made