Suares faoliyatini yakunlamoqchi
Sport
−
21 iyun 2023 6104 1 daqiqa
Braziliyaning “Gremio” klubi hujumchisi Luis Suares sog‘lig‘idagi muammolar tufayli faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda “Esportes GZH” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli urugvaylik futbolchi tizzasidagi muammolar tufayli futbolni tark etish haqida o‘ylamoqda. Qayd etilishicha, Braziliya klubi shartnomani yakunlamoqchi, biroq o‘zaro kelishuvga ko‘ra, futbolchi jamoadan ketganidan keyin boshqa klub bilan bitim imzolasa, “Gremio”ga tovon puli to‘laydi.
Suares Gremioga Urugvayning “Nasonal” klubidan o‘tgandi. 36 yoshli hujumchining Braziliya klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Urugvaylik hujumchi 2022/23 yilgi mavsumda klub safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust