“Inter Mayami” Luis Suares bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

“Inter Mayami” klubi urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli urugvaylik futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2026 yil mavsumi oxirigacha amal qiladi.

Suares 2024 yilda “Inter Mayami” safiga kelib qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u jamoa bilan birga MLS chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Luis Suares Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U Amerika Kubogi g‘olibi, “Barselona” safida Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi sohibi va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, futbolchi Urugvay va Niderlandiya chempionatlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter Mayami” jamoasi argentinalik yarim himoyachi Rodrigo De Paulning shartnomasini “Atletiko Madrid”dan sotib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma Luis Suares “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing