Saudiyada 34 yashar ona birdaniga 10 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Olam

image

Saudiya Arabistonining 34 yoshli fuqarosi muvaffaqiyatli ravishda beshta egizak farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni “Saudi Gazette” mahalliy nashrining elektron versiyasida xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, chaqaloqlar 12 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Qurolli Kuchlarining mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Tabuk shahridagi Qirol Salmon nomidagi gospitalida tug‘ilgan.  

Ta’kidlanishicha, ayol bir necha hafta davomida ko‘rsatilgan tibbiyot muassasasining akusherlik va ginekologiya bo‘limi mudiri Attiya al-Zahroniy boshchiligidagi shifokorlar nazoratida bo‘lgan. 

10 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning har birini vazni 950 dan 1100 grammgacha.  Ularning barchasi mutlaqo sog‘lom. 

Saudiya Arabistoni Qurolli Kuchlarining Tabukdagi Qirol Salmon nomli gospitali qirollikdagi eng yirik shifoxonalardan biri hisoblanadi. U 1980 yilda tashkil etilgan va endoskopiya texnologiyasini (odamning ichki organlarini endoskoplar – yorug‘lik va optik asboblar yordamida tekshirish usuli) joriy etgan mamlakatdagi birinchi tibbiy muassasadir.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

3252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing