“Stop-chiziq”ni bosganlik uchun jarima kamaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga жиноят protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq ўзгартish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. 

128-4-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“1284-modda. Транспорт vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘inibosib kirishi va o‘tishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish, –

eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Транспорт vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, –

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo ikki марта qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”.


Maqola muallifi

Teglar

jarima

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing