Starship raketasi sinov paytida portlab ketdi (video)

Texnologiya

image

Bugun, 19 iyun kuni AQSHning Texas shtatidagi SpaceX sinov maydonchasida og‘ir yuk tashuvchi Starship raketasi statik olovli sinovlar vaqtida portlab ketdi. Bu haqda AQSHning Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. 

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa tezlashtiruvchi birinchi bosqichni sinovdan o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lib, jiddiy yoqilg‘i sizib chiqishi qayd etilgan. 

Ma’lum qilinishicha, aynan ushbu sizib chiqish kemaning ikkinchi bosqichi atmosferaga kirish paytida yuz bergan portlashga sabab bo‘lgan.

“SpaceX’ning og‘ir yuk tashuvchi Starship raketasi statik olovli sinov paytida portladi”, deyiladi xabarda.

Voqea NasaSpaceFlight orqali jonli efirda namoyish etilgan. Har qanday muammolarga qaramay, SpaceX bosh direktori Ilon Mask Starship’ning muvaffaqiyatli sinov parvozlari soni tez orada ortishiga umid qilayotganini bildirgan.

Kuzatuvchilar tomonidan e’lon qilingan videoyozuvlarda ikkita portlash qayd etilgan: birinchisi raketaning old (burun) qismida, ikkinchisi esa chap bortida sodir bo‘lgan. Portlashlardan so‘ng raketa va start platformasi butunlay alanga qurshovida qolgan, raketa parchalari esa sinov maydonchasi bo‘ylab sochilgan.

SpaceX kompaniyasi barcha xodimlar xavfsiz joyda bo‘lganini va atrofdagi aholi punktlariga hech qanday xavf tug‘ilmaganini bildirgan. Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha SpaceX mutaxassislari hamda mahalliy hukumat vakillari ishlamoqda.Portlashga olib kelgan aniq sabab va tafsilotlar hozircha aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida ham Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasining Starship raketasi to‘qqizinchi sinov parvozi chog‘ida buzilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

SpaceX NASA Starship

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing