Starship kosmik kemasi o‘z tarixidagi ilk orbital parvozga yo‘l oldi
Bu qiziq
−
19:23 534 2 daqiqa
SpaceX kompaniyasi 14-bor Starship kemasini uchirdi, u ilk bor orbitaga chiqdi va 26 ta Starlink V3 sun’iy yo‘ldoshini fazoga olib chiqdi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo‘lajak missiya Starship kemasining Yer orbitasiga ilk parvozi bo‘ladi. Bungacha bo‘lgan sinovlar xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda sinovlar o‘tkazish imkonini beruvchi suborbital trayektoriyalar bo‘yicha amalga oshirilgan.
SpaceX vakillarining aytishicha, orbitaga chiqish to‘liq va tezkor qayta foydalaniluvchi tizimni ishlab chiqishning keyingi bosqichini ochib berishi kerak.
“Bo‘lajak parvoz Starlink V3 sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqishni rejalashtirayotgan birinchi missiya bo‘ladi. Ularning parvozi tezkorlikni va tezkor aloqa ishonchliligini oshiradi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Starship Yerdan taxminan 275 km balandlikka ko‘tarilishi va 6 taga yaqin aylanishni amalga oshirishi kerak. Parvoz davomiyligi deyarli 10 soatni tashkil etadi, shundan so‘ng kemani orbitadan chiqarish va Chilidan g‘arbda Tinch okeaniga qo‘ndirish rejalashtirilmoqda.
“Starship’ning yuqori bosqichi ilk bor orbitaga chiqish manyovrini bajarishi, 26 ta sun’iy yo‘ldoshni uchirishi, koinotda bitta Raptor dvigateli yordamida tormozlash impulsini amalga oshirishi, so‘ng boshqariladigan qaytishni va Tinch okeaniga qo‘nishni bajarishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan kompaniya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Floridadagi Kennedi nomidagi kosmodromdan qiymati taxminan 4 milliard dollarga teng yangi “Nancy Grace Roman Space Telescope” kosmik teleskopini fazoga uchirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi