Starmer Britaniya Bosh vaziri lavozimini tark etdi (video)
Olam
−
20 iyul 1546 2 daqiqa
Bugun, 20 iyul kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o‘z lavozimidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi va xayrlashuv nutqi bilan chiqish qildi. Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.
“Men tez orada Oliy hazratlari (Qirol) huzuriga borib, undan iste’fomni qabul qilishini so‘rayman va bosh vazirlik lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman. Mening ishim tugadi”, deydi Starmer.
Keyinchalik u shunday qo‘shimcha qilgan: “Men yengil xayol, tabassum va erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanish tuyg‘usi bilan ketmoqdaman”.
Eslatib o‘tamiz, Starmer iste’foga chiqishi haqida joriy yilning 22 iyun kuni e’lon qilgan edi. Uning aytishicha, Leyboristlar partiyasida u keyingi saylovlarda partiyani boshqarishga loyiqmi yoki yo‘qmi, degan savol tug‘ilgan. Bosh vazir partiyaning “javobini eshitganini” va uni “minnatdorlik bilan qabul qilishini” ma’lum qilgan.
Endi Byornem 17 iyul kuni Leyboristlar partiyasi yetakchisi etib saylandi. U 56 yoshda. U to‘qqiz yil davomida (2017 yil mayidan 2026 yil iyunigacha) Katta Manchester meri lavozimini egallab kelgan va ushbu lavozimga to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan saylangan birinchi siyosatchiga aylangan edi.
Starmer 2024 yilning yozida – Leyboristlar partiyasi umumiy saylovlarda ungacha mamlakatni boshqarib kelgan konservatorlar ustidan yirik va hal qiluvchi g‘alabaga erishganidan so‘ng Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan edi. Starmer 2020 yildan buyon Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimini egallab kelayotgan edi.
Dilnura Urinova
Live
Barchasi