SSV JSST bilan “COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma” ishlab chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda “COVID-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma” yaratildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘llanmada COVID-19 ni boshqarish algoritmi, jumladan, muloqotda bo‘lgan shaxslarni, shubhali hamda tasdiqlangan holatlarni boshqarish, yangi koronavirus tufayli kelib chiqqan kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bemorni uyda parvarish qilish va muloqotda bo‘lgan shaxslarni boshqarish taktikasiga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

Shuningdek, qo‘llanmada koronavirus bilan shubhalangan shaxslarni laborator tekshiruvidan o‘tkazish namunalarini olish va ularning transportirovkasi, kasallangan bemorlarni klinik boshqaruv, tibbiyot muassasalarida koronavirusga qarshi kurashish uchun infeksion nazorat choralarini tashkil etishda tibbiyot xodimlarining vakolat va majburiyatlariga keng o‘rin ajratilganligi bilan ham e’tiborga molik.

Eng muhimi, ayni pandemiya avj olgan bir paytda ushbu qo‘llanma barcha uchun birdek foydali. Negaki, unda koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilgan bemorlarni, xalqaro standartlar asosida, samarali davolash bo‘yicha tavsiyalardan tortib, sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiya qilishgacha bo‘lgan jihatlar aks ettirganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu qo‘llanma bilan tanishgan mutaxassislar koronavirusga chalinganlarni muolaja qilish, xastalanganlar bilan muloqot qilganlarni nazorat qilish, tibbiy kuzatuv olib borish borasida kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishsa, fuqarolar esa kasallik haqida, undan saqlanish borasidagi standart ehtiyot choralari, havo-tomchi yo‘li, yaqin muloqotda bo‘lish kabi virus yuqish xavflaridan saqlanish borasida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mutaxassislar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan ushbu qo‘llanma Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi COVID-19 koronavirusi bo‘yicha tavsiyalari asosida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov hamda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Lianne Kuppens rahbarligi ostida malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 694 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made