SSV koronavirusga qarshi vaksina sotib olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan vaksinani O‘zbekistonga olib kelish va aholiga yetkazish vakolati yagona xususiy shirkatga berilgani haqidagi xabarlar yuzasilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik bu vaksinani olib kelish vakolati bir kompaniyaga berilgani haqida bildirilgan fikr-mulohazalar haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina xarid qilish va undan foydalanish masalalari butun jahonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham klinik tadqiqotlarning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra belgilanadi.

“Biror mamlakatning vaksinasi ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgani ilmiy isbotlansagina, uni xarid qilish, sotib olingan vaksinani saqlash va tashish bilan bog‘liq masalalar tegishli mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, hozirda BMT bilan hamkorlikda COVAX`ga a’zo davlatlar qatorida O‘zbekistonga jahonda olib borilayotgan klinik tadqiqotlar asosida samarasi ijobiy baholangan koronavirusga qarshi vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar ham olib borilmoqda.

“Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha eng samarali yo‘l bu – immunizatsiya tadbirlari, ya’ni sog‘lom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlashdir. Dunyoda bu yo‘nalishda qator ilmiy tekshirish institutlari hamda farmatsevtika korxonalari tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda”, deydi SSV.

Hozirda COVID-19 ga qarshi Xitoyning “Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasining vaksinasi va Rossiya Federatsiyaning “Sputnik V” vaksinasining 3-bosqich klinik tadqiqotlari O‘zbekistonda ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, vaksinalarning xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholash, ularning infeksiyani oldini olishdagi samaradorligini aniqlash asosiy vazifa qilib belgilangan. Shuningdek, “Sinopharm group” kompaniyasi bilan ham ushbu yo‘nalishda ish olib borilmoqda.

Avvalroq, Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi namunalari olib kelingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made