Endi dorilar va BFQ reklamasi SSV ruxsati bilan efirga uzatiladi
Jamiyat
−
26 yanvar
58952024 yilning 1 iyulidan boshlab dorilar va BFQ (Biologik faol qo‘shimchalar)ning teleradiokanallardagi reklamasi SSV xulosasi asosida efirga uzatiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 23 yanvar kuni imzolangan farmatsevtika sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qarorda keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezda aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi.
Tizim xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni ta’minlaydi:
- zarur farmakologik nazorat amaliyoti (GVP) standartini joriy etish;
- Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimining barcha bo‘g‘inlaridan dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish.
Dori vositalarini tibbiy amaliyotda qo‘llashga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi ham joriy etiladi. Bunda, SSV tomonidan inson salomatligiga zarar yetkazish xavfi yuqori bo‘lgan moddalar ro‘yxati shakllantiriladi.
Shu bilan birga, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi.
Qarorga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda zarur saqlash amaliyoti (GSP) talablariga muvofiq tashkil etiladi.
LiveBarchasi