SSV: Koronavirusga chalingan yana bir bemor to‘liq tuzaldi
Jamiyat
−
31 mart 2020
10528Bugun, 31 mart kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ushbu fuqaro, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi.
O‘tgan vaqt davomida u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolandi.
Avvalroq, koronavirusga chalingan 7 nafar bemor to‘liq tuzalib ketgani haqida xabar began edik. Ularni shahsan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi