SSV: “Koronavirusdan davolanganlar 140 nafarga yetdi”

Jamiyat

image

Bugun, 17 aprel kuni Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 11 nafar koronavirus yuqtirgan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ulardan 5 nafari poytaxtdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan bo‘lsa, Buxoro, Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda.

Ushbu muvaffaqiyatli qadamlarga sabab koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani desak, xato bo‘lmaydi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 28 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 39 nafarga yetdi.

Eng muhimi, sog‘liqni saqlash sohasida keyingi yillarda olib borilgan islohotlar, tibbiyot muassasalarida barcha zarur sharoitlarning yaratilgani, malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi koronavirus pandemiyasiga qarshi tezkor va samarali kurashishning ham asosiy omili bo‘lmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 140 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1380 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing