SSV quyoshdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Salomatlik

image

Jazirama kunlarda quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo‘lish turli kasalliklarni, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Xo‘sh, inson tanasini bu kabi kasalliklardan saqlashi uchun qanday choralarni ko‘rishi kerak? Bu borada Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha ma’lumot hamda tavsiyalarni taqdim etdi.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining ma’lum qilishicha, terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik fotodermatoz deb ataladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uchraydi.

“Quyosh nurining o‘zi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, allergik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, allergik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin”, deydi markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Elmira Roziqova.

Oqibatda ko‘krakning yuqori qismi, bo‘yin, qo‘l sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dog‘, kuyish ko‘rinishidagi turli toshmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar ham kuzatiladi. Toshmalar jazirama ta’sir qila boshlagan ilk soatlardan to hafta davomigacha hosil bo‘ladi. Ko‘pincha fotodermatoz belgilari muolajalardan so‘ng yo‘qolib ketadi. Ammo bu holat insonni umr bo‘yi ta’qib qilishi ehtimoli ham mavjud.

Shuningdek, vazirlik tavsiyasida soat 10:00 dan 15:00 gacha soya-salqin joylarda bo‘lish, imkon qadar yopiqroq kiyinish, sezuvchan teri uchun mo‘ljallangan quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.

“Ba’zi dorilar fotodermatozni keltirib chiqarishi yoki xastalikni kuchaytirishi mumkin. Shu bois preparatning qo‘llash ko‘rsatmalarini diqqat bilan o‘qish yoki shifokor bilan maslahatlashish kerak. Atopik dermatitni davolashda qo‘llaniladigan Elidel yoki Protopik surtmalaridan foydalanayotgan bemorlarga quyoshda yurish taqiqlanadi. Yoki bu vositalarni tushdan so‘ng oqshomga qadar ishlatgan ma’qul”, deyiladi vazirlik taqdim etgan tavsiyalar to‘plamida.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing