SSV FVV xodimi koronavirusdan vafot etganini rad etdi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
6850Kecha, 14 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimda faoliyat yuritayotgan ikki xodim – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Mirzabayevich Akimov hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Rahimovich Jabborov koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edi. Ma’lumotlarda qaraganda, Doniyor Jabborovning o‘limida koronavirus sabab bo‘lmagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
“FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagan”, deyiladi SSV xabarida.
Qayd etilishicha, Qo‘shko‘pir tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov 12 sentyabr kuni koronavirus asoratlari tufayli vafot etgani o‘z isbotini topmagan.
Koronavirusdan gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan marhum bemordan 10 sentyabr kuni olingan maxsus laboratoriya natijalariga ko‘ra, unda koronavirusni keltirib chiqaruvchi SARS CoV-2 virusi aniqlanmagan.
Ma’lumot o‘rnida, mayor Doniyor Jabborov esa vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.