Saylovda ğolib aniqlanmadi. Isroil Netanyaxudan voz keçadimi?
Tahlil
−
20:03 1033 8 daqiqa
Joriy yilning 27 oktyabr kuni bölib ötişi belgilangan Isroildagi parlament saylovlari va nihoyat yakunlandi. Ammo hozirça aniq ğolib yöq.
Bir neça yildan beri mamlakat boş vaziri bölib kelayotgan Binyamin Netanyaxu ham, sobiq harbiy qömondon Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki ham hukumat tuziş uçun yetarli ovoz töplay olmadi.
Xöş, siyosiy kuçlar örtasidagi bu boşi berk vaziyatdan Isroilni faqat yangi saylovlar olib çiqa oladimi?
Isroildagi saylov: Aniq ğolib yöq
Isroil – parlamentar respublika hisoblanadi. Mamlakat prezidenti asosan xalqaro miqyosda vakillik qiliş, qonunlarni imzolaş va hukumatni şakllantiriş jarayonida konstitutsiyaviy vazifalarni bajaradi. Biroq kundalik davlat boşqaruvi, içki va taşqi siyosatni yuritiş, mudofaa hamda xavfsizlik masalalari böyiça asosiy qarorlar boş vazir va hukumat tomonidan qabul qilinadi.
Isroilda hukumat parlamentdagi köpçilikning qöllab-quvvatlaşiga tayanadi. Isroilda parlament – Knessat – 120 deputatdan iborat bölib, saylovlar proporsional tizim asosida ötkaziladi. Ya’ni fuqarolar alohida nomzodlarga emas, partiyalarga ovoz beradi va har bir partiya olgan ovozlari uluşiga qarab parlamentdan örin egallaydi. Şu sababli köpinça birorta partiya yakka özi hukumat tuziş uçun yetarli örinni qölga kirita olmaydi.
Hukumat tuziş uçun odatda parlamentdagi 120 örindan kamida 61 tasini qöllab-quvvatlaydigan siyosiy kuçlar birlaşişi kerak. Bu parlament köpçiligi deyiladi. Şu sababli boş vazir nafaqat öz partiyasini, balki koalitsiyaga kirgan boşqa partiyalarni ham birlaştirib turişi kerak. Vazirlarni tayinlaş va lavozimidan ozod etişda ham boş vazir muhim vakolatlarga ega. Hukumat iste’foga çiqsa, yangisi tuzilguniga qadar amaldagi hukumat öz vazifalarini bajarişda davom etadi.
Aynan şu tizim şaroitida Isroilda 27 oktyabr kuni bölib ötgan parlament saylovi aniq ğolibsiz yakunlanmoqda. Ekzitpol (exit poll) natijalariga köra, Binyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi 27 ta örin bilan peşqadam. Gadi Ayzenkot boşçiligidagi “Yaşar” partiyasi esa 20–22 ta örin olişi mumkin.
Isroil Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga köra, saylovçilarning 77,7 foizi ovoz bergan. Bu 1999 yildan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir. Ovoz beriş huquqiga ega 7,3 million kişidan taxminan 5,7 millioni saylov uçastkalariga kelgan. Isroil OAVga köra, arab saylovçilari orasida ham faollik yuqori bölib, 80 foizga yetgan.
Isroilning 3 ta yirik telekanali e’lon qilgan natijalarga köra, sobiq harbiy boşliq Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki parlamentda 51–53 ta örinni, Netanyaxu boşçiligidagi öng qanot koalitsiyasi esa taxminan 50–52 ta örinni egallaşi mumkin. Hukumat tuziş uçun 120 örinli parlamentda kamida 61 ta deputat örni talab etiladi.
Rasmiy sanoq hali davom etmoqda. Ovozlarning qariyb uçdan biri sanalganda Netanyaxu bloki 59, muxolifat 46, arab partiyalari 15 örin olayotgandi. Biroq komissiya bu raqamlar özgarişi mumkinligini ta’kidlagan. Yakuniy natijalar bir neça kundan keyin ma’lum böladi. Ammo Netanyaxu arab partiyalariga tayanadigan hukumat tuzişga qarşi ekanini oçiqçasiga bildirgan. Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat esa ular bilan muayyan şartlar asosida hamkorlik qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Netanyaxu va Ayzenkot va’dalari
Saylovdan keyin Ayzenkot öz tarafdorlariga murojaat qilib, ular tarix yaratganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, saylovçilar qarori barça Isroil fuqarolari manfaatlarini hisobga oladigan barqaror hukumat tuzişga xizmat qilişi kerak.
“Biz bugun tarix yaratdik. Isroil xalqi mamlakatning kelajakdagi rahbarlarini tanlaş uçun saylovga çiqdi. Isroil xalqi öz tanlovini qildi – u özgarişni tanladi. Netanyahuning boş vazir bölib qolişini qöllab-quvvatlagan hukumat koalitsiyasi xalq işonçini yöqotdi. Töğri, bu hozirça dastlabki natijalar, yakuniy raqamlarni kutişimiz kerak.
Isroilga barqaror va mas’uliyatli rahbariyat kerak. Şu sababli men barça huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilmoqçiman: Netanyaxu endi xalq işonçiga ega emas. Siz bu yerda Isroil fuqarolariga xizmat qiliş uçun turganingizni unutmang. Sizga bosim ötkazişga urinişlarga qat’iy qarşi turişingiz kerak. Bu borada sizni töliq qöllab-quvvatlayman. Netanyaxu, siyosiy maqsadlaringiz va şaxsiy manfaatlaringiz yölida Isroil xavfsizligidan foydalanişga jur’at etmang!”, deydi Gadi Ayzenkot öz nutqida.
Sobiq boş vazir Yair Lapid esa Netanyaxu boşçiligidagi blok saylovda jiddiy mağlubiyatga uçraganini bildirgan.
Netanyaxu ham öz tarafdorlariga murojaat qilib, öng qanot bloki köpçilikka ega ekanini ta’kidladi va kuçli milliy hukumat tuzişga çaqirdi.
“Öng qanot bloki köpçilikka ega. Ha, bu hal qiluvçi köpçilikdir. Avval ham aytganimdek, biz milliy öng qanot hukumatini tuzişimiz kerak. Isroilni xavf ostida qoldirmasligimiz lozim. Biz mavjudligimizga qarşi bölgan, HAMASni qöllab-quvvatlaydigan arab partiyalariga tayanmasligimiz kerak”, deydi Netanyaxu.
Biroq telekanallarning yangilangan ekzitpol natijalarida ikki blok örtasidagi farq juda kiçik ekani körsatildi.
Saylov 2023 yilning 7 oktyabr kuni HAMAS boşçiligidagi hujum va undan keyin Ğazo, Livan hamda Eronda yuz bergan uruşlardan söng ötkazilgan ilk parlament saylovi böldi.
Saylovoldi kampaniyasida 7 oktyabr hujumiga olib kelgan xavfsizlikdagi kamçiliklar uçun javobgarlik, mintaqadagi uruşlar, harbiy xizmat majburiyatlarini taqsimlaş, sud islohotlari va Isroilning xalqaro maydondagi mavqei asosiy masalalar qatorida böldi.
Isroil Markaziy saylov komissiyasi ovoz beriş vaqtini uzaytiriş haqidagi murojaatlarni rad etgan. Komissiya saylovçilarning yuqori faolligi muddatni uzaytiriş uçun asos böla olmasligini bildirgan. Yakuniy natijalar ekzitpol körsatkiçlaridan farq qilişi mumkin.
Isroilda hukumatni kim tuzadi?
Endi asosiy kuraş koalitsiya muzokaralarida keçadi. 4 noyabr kuni yakuniy saylov natijalari e’lon qilingaç, Isroil prezidenti Isxak Gersog partiya yetakçilari bilan kimni boş vazir lavozimiga körişlarini muhokama qiladi. Şundan söng u hukumat tuziş uçun eng katta imkoniyatga ega deb hisoblagan nomzodga bu vazifani topşiradi. Bu nomzod Knessatda eng köp örinni egallagan partiya rahbari bölişi şart emas.
Netanyaxu bloki – Likud, öta öng “Diniy sionizm” va “Yahudiy qudrati”, şuningdek, ultraortodoks Şas va “Birlaşgan Tavrot yahudiyligi” partiyalaridan iborat.
Ayzenkot esa sobiq boş vazirlar Naftali Bennet va Yair Lapidning “Birga”, Avigdor Libermanning “Isroil – bizning uyimiz” hamda Yair Golanning “Demokratlar” partiyalariga tayanadi.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu öng qanot partiyalari sionistik saylovçilar orasida “işonçli köpçilik”ni qölga kiritganini aytib, “milliy öng qanot hukumati”ni tuzişga çaqirdi. Biroq ekzitpol natijalari saylovda aniq ğolib yöqligini körsatmoqda. Prognozlarga köra, Netanyaxuning koalitsiyasi asosiy muxolifat ittifoqidan biroz oldinda, ammo har ikki tomon ham hukumat tuziş uçun zarur köpçilik ovozga ega emas.
Hukumat tuziş topşiriğini olgan nomzodga qança vaqt beriladi?
Nomzodga hukumat tuziş uçun jami 42 kungaça vaqt beriladi. Dastlab unga 28 kun ajratiladi, prezident esa bu muddatni yana 14 kunga uzaytirişi mumkin.
Bu vaqt davomida siyosiy partiyalar jadal muzokaralar olib boradi. Ular siyosiy masalalarda yon berişlar, vazirlik lavozimlari va boşqa kelişuvlarni muhokama qiladi. Hukumat tuziş topşiriğini olgan nomzod esa boşqaruvni amalga oşiriş uçun yetarli kömakni töplaşga harakat qiladi.
Agar nomzod parlamentdagi kamida 61 ta öringa ega partiyalar koalitsiyasini tuza olmasa, kiçik partiyalarning kömagiga tayanib, ozçilik hukumatini şakllantirişga urinişi mumkin. Şuningdek, boş vazirlik lavozimini navbatma-navbat egallaşni nazarda tutuvçi hokimiyatni bölişiş böyiça kelişuv ham tuzilişi mumkin.
Yangi hukumat iş boşlaşi uçun parlamentda işonç ovozini olişi kerak. Buning uçun oddiy köpçilik ovoz talab etiladi. Ayrim partiyalar ovoz berişda betaraf qolsa, hukumatni tasdiqlaş uçun 61 tadan kam ovoz ham yetarli bölişi mumkin.
Muxolifat arab partiyalari bilan koalitsiya tuzadimi?
Ekzitpol natijalariga köra, arab partiyalari hukumatni şakllantirişda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin. Biroq Netanyaxu ham, Ayzenkot ham umumiy qadriyatlar yöqligini sabab qilib, ular bilan hamkorlik qilişni rad etgan.
Isroillik siyosiy tahlilçi Asaf Ronelning aytişiça, ekzitpol natijalari Netanyaxuning “dahşatli hukumati” yakunlanişi mumkinligini körsatayotgan bölsa-da, muxolifat yetakçilarining arab partiyalari bilan hamkorlik qilişga tösqinlik qilayotgan irqçilikka asoslangan qaraşlardan voz keçişi katta savol ostida qolmoqda.
“Endi asosiy savol – ular saylovoldi kampaniyasida bergan irqçilikka asoslangan va’dalaridan voz keça oladimi? Aks holda, eng ehtimoliy ssenariy – yaqin oylarda yana saylov ötkazilişidir”, dedi u.
Nyu-York universiteti qoşidagi Hagop Kevorkian Yaqin Şarq tadqiqotlari markazi direktori Muhammad Bazzi esa muzokaralar davomida arab partiyalarini çetda qoldiriş pozitsiyasini saqlab qoliş qiyinlaşişini ta’kidladi.
“Arab partiyalarining yirik bloki egallagan örinlarsiz kerakli natijaga erişiş qiyin. Parlamentdagi köpçilikni ta’minlaş uçun zarur bölgan 61 ta öringa yetiş oson emas”, dedi u.
Bazzi, şuningdek, arab partiyalari Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki bilan murosaga kelişi mumkinligini taxmin qildi.
“Arab partiyalariga hukumatdan örin berilmaydigan va ular koalitsiyada bevosita hokimiyatga ega bölmaydigan kelişuv taklif etilişi mumkin. Biroq ular Knessatda hukumatni qöllab-quvvatlaydi”, dedi Bazzi.
Live
Barchasi27 Oktyabr