SSSR jamoasi bilan Olimpiya chempioni bo‘lgan suzuvchi vafot etdi

Sport

image

Suzish bo‘yicha Olimpiya chempioni, sobiq SSSR terma jamoasi a’zosi Robertas Julpa vafot etdi. Bu haqda Litva Cuv sporti federatsiyasi saytida xabar berildi.

Julpa 200 metrga brass usulida suzish bo‘yicha 1980 yil Moskvada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, uch karra Yevropa chempioni, Jahon chempionatining kumush medali sovrindori va SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1980) hisoblanadi.

U 1960 yil Vilnyusda tug‘ilgan, “Jalgiris” klubida shug‘ullangan va ustozi Boris Zenov bilan mashg‘ulot o‘tkazgan. Keyinchalik, 1988 yilda sportchi Italiyaga ko‘chib ketgan.

Qayd etilishicha, Julpa 64 yoshda bo‘lgan. Uning o‘lim sabablari ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yamaykalik yengil atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni, Olimpiya va Jahon rekordchisi Jorj Roden 97 yoshida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

SSSR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing