SSSR davridagi chegaralardan voz kechish davlatchilikdan voz kechishdir – Pashinyan

Olam

image

Armanistonning sobiq Sovet Ittifoqi davrida mavjud bo‘lgan chegaralaridan voz kechish davlat suvereniteti va mustaqillikdan voz kechish bilan teng. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook’dagi sahifasida yozdi.

“Ochig‘ini aytishim kerakki, bu yondashuv Armaniston uchun juda xavfli. Chunki SSSR davridagi xaritalardan voz kechish davlatchilik va mustaqillikdan voz kechishni anglatishi mumkin. Shu sababli, biz Sovet Armanistoni hududida mustaqillikka erishdik va xalqaro hamjamiyat bizni xalqaro miqyosda shunday deb tan oldi. Tan olingan hudud xavfsizlik uchun muhim va biz uchun buferdir”, deydi u.

Pashinyanga ko‘ra, agar Armaniston fuqarolarining o‘zlari xalqaro tan olingan hududni tan olmasa, boshqalarga uni tan olmaslik imkoniyatini beradi.

“Xalqaro miqyosda tan olingan hududimizni aniq tan olmagan holda, biz boshqalarga eshiklarimizni ochyapmiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Armanistonda muxolifat Nikol Pashinyanni sobiq Sovet Ittifoqi davridagi xaritalarni tan olish va davlat suverenitetini yo‘qotish imkoniyatlarini tilga olish orqali Qorabog‘ni Ozarbayjon tarkibiga kirishini tan olish qarorini oqlashga urinishda ayblab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikol Pashinyan davlat televideniyesiga bergan intervyusida Yerevan o‘zaro kelishuv asosida Bakuga qarshi xalqaro da’volardan voz kechishga tayyor ekanini bildirgan edi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov esa Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarning normallashuvi Armanistonning o‘z Konstitutsiyasida Ozarbayjonga nisbatan aks ettirilgan hududiy da’volarni o‘chirishiga bog‘liq ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing