“Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan Prezidentda koronavirus aniqlandi 

Olam

image

Argentina Prezidenti Alberto Fernandesning koronavirusga topshirgan testida musbat natija qayd etildi.  

"Bugun kechqurun haroratim 37,3 darajaga ko‘tarilib, ozgina boshim og‘riganidan keyin test topshirdim, u ijobiy chiqdi", deb yozgan Prezident 3 aprel kuni kechqurun Twitter'dagi sahifasida. 

Fernandes o‘zini yaxshi his qilayotganini qo‘shimcha qilgan. 

"Garchi kasalligim PZR-testi bilan tasdiqlanishini kutayotgan bo‘lsak-da, men protokolga muvofiq o‘zimni allaqachon yakkalaganman va shifokorlarning tavsiyalariga amal qilyapman", degan davlat rahbari. 

Ma’lumot o‘rnida, 2 aprel kuni 62 yoshga to‘lgan Argentina Prezidenti 
joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Meksika koronavirus

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing