Braziliyada Lula da Silva törtinçi marta mamlakat Prezidenti etib saylandi
Olam
−
09:00 568 2 daqiqa
Braziliyaning amaldagi Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida ğalaba qozonib, törtinçi marta davlat rahbari etib saylandi. U sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli, senator Flavio Bolsonaroni 4 milliondan ortiq ovoz farqi bilan mağlub etdi. Bu haqda mamlakat saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, saylovning birinçi bosqiçida Flavio Bolsonaro köproq ovoz töplagan bölsa-da, ikkinçi bosqiçda mağlub bölgan. U, şuningdek, saylov natijalarini bekor qilişni söraşini bildirgan. Bunga Oliy sudning ovoz beriş vaqtini ikki soatga uzaytiriş haqidagi qarorini sabab qilib körsatgan. Biroq tahlilçilar bu talab qanoatlantirilişi ehtimoli pastligini aytmoqda.
80 yoşli Lula da Silva 2003–2011-yillarda ham Braziliya prezidenti bölgan. 2018 yilda korrupsiya ayblovlari bilan qamoqqa olingan, biroq keyinçalik unga çiqarilgan hukmlar bekor qilingan. U 2022 yilgi saylovda Jair Bolsonaroni mağlub etib, prezidentlikka qaytgan edi.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Lula qaşşoqlik va tengsizlikni kamaytiriş, kam ta’minlangan aholini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan siyosatini davom ettirişga va’da bergan. Şuningdek, u raqibi ğalaba qozongan taqdirda ijtimoiy yordam xarajatlari qisqarişi mumkinligini bildirgan.
Ma’lum qilinişiça, Lula da Silvaning yangi prezidentlik muddati oson keçmasligi mumkin. Mamlakatda saylangan yangi Kongress sönggi ön yilliklardagi eng konservativ tarkibga ega bölgan. Bu prezidentning muhim qonunlarni qabul qiliş va byudjet masalalarida qarorlar çiqarişini qiyinlaştirişi mumkin.
Braziliya Konstitutsiyasiga köra, bir şaxs ketma-ket köpi bilan ikki muddat prezident etib saylanişi mumkin. Prezident tört yil muddatga saylanadi. Davlat rahbari umumxalq ovoz beriş yöli bilan saylanadi. Agar birinçi bosqiçda nomzodlardan heç biri haqiqiy ovozlarning yarmidan köpini ololmasa, eng köp ovoz töplagan ikki nomzod iştirokida ikkinçi bosqiç ötkaziladi. Braziliya Konstitutsiyasining 14-moddasi 5-bandiga köra, prezident faqat bir marta ketma-ket qayta saylanişi mumkin. Ya’ni ikki muddatdan keyin yana prezidentlikka saylaniş uçun tanaffus bölişi kerak.
Şuning uçun Lula da Silvaning törtinçi marta prezident etib saylanişi qonunga zid emas. Biroq 2026 yildagi ğalabasidan keyin u 2030 yilgi saylovda yana ketma-ket prezidentlikka nomzodini qöya olmaydi.
Live
Barchasi