Sportga ajratilgan 22 milliard yeb yuborildi
3-sahifa
−
15 iyun 2022
177102019-2021 yillarda davlat byudjetidan sport sohasiga ajratilgan pullardan 22,3 milliard so‘mi talon-toroj qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi va uning quyi tarmoqlari tomonidan Prezidentning 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” va “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorlari hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi davlat sport tashkilotlari va sport-ta’lim muassasalarida o‘rganildi.
O‘rganish doirasida 127 ta tekshirish o‘tkazilib, 948 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan va 356 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Shuningdek, 463 ta ob’ektlarda o‘rganishlar o‘tkazilib, 26,1 mlrd. so‘mlik yetkazilgan zarar aniqlangan.
Tekshirish davomida 9,8 mlrd. so‘mlik zarar undirilib, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 65 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Xususan, 2019-2021 yillarda:
• sport-ta’lim muassasalari ehtiyojlari uchun ajratilgan 19 ta holatda 6,4 mlrd. so‘m;
• sport muassasalarini qurish va ta’mirlash uchun 17 ta holatda 11,8 mlrd. so‘m;
• sport jihozlarini sotib olish uchun 6 ta holatda 2,7 mlrd. so‘m;
• o‘tkazilmagan o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari uchun 5 ta holatda 1,4 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
“Sportni rivojlantirish vazirligi va tizim idoralari mutasaddilari, shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Sh.Nazarov ishtirokida tizimda aniqlangan qonun buzilishi holatlari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi”, deyiladi BP axborotida.
LiveBarchasi