Sport yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilandi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
4658“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.
Avvalroq, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.
Endilikda abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.