Sport sohasida yangi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli ta’lim muassasalarida futbol klublari, sport ta’lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda yurtimizdagi 20 ta OTMda 15 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 17 ta OTMda 5 ta sport mutaxassisligida kadrlar tayyorlanmoqda.

Birgina joriy o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida sport yo‘nalishida bakalavriatning kunduzgi shakliga 3660 nafar, sirtqi ta’limga 1535 nafar hamda magistratura mutaxassisligiga 128 nafar - jami 5323 nafar talaba qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol kadr

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing