Spirtli ichimliklarning sport sohasida reklama qilinishi bo‘yicha maxsus loyiha tayyorlanmoqda

Sport

image

PFL tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani haqida xabar bergandik.

Anjumanda tashkilot bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev faqat sport sohasida spirtli ichimliklar reklamasining berilishi moliyaviy jihatdan ancha foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi: “Angliyada, Ispaniyada va yaqin Rossiyada ham spirtli ichimliklar reklamasi beriladi. Masalan, Rossiya telekanallari 2012 – 2016 yillarda Yevropa chempionatlarining translyatsiyasi davomida spirtli ichimliklar reklamasidan umumiy harajatning 70 foizini qoplay oladigan daromad ko‘rishgan. Agar biz ham futbolda buni yo‘lga qo‘ya olsak, PFL hech qanaqasiga davlat byudjetiga qaram tashkilot bo‘lib qolmasdi. To‘g‘ri bizda spirtli ichimliklar reklamasi ta’qiqlangan, lekin uni iste’mol qilish ta’qiqlanmagan. Shu boisdan agar bu reklama faqat sport sohasi uchun yunaltirilsa, foydadan holi bo‘lmasdi” deya fikr bildirdi mutaxassis.

Shuningdek Imomxo‘jayev bu borada maxsus loyiha tayyorlanayotganini QALAMPIR.UZ ga ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

PFL Diyor Imomxo'jaev

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing