Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinish xavfini oshiradi – mutaxassis

Salomatlik

image

Spirtli ichimliklar ichish koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfini oshiradi. Bu haqda narkolog Ruslan Isayev “Sputnik” radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan odamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kasallikning yengil shaklini mo‘’tadil yoki og‘ir darajaga o‘tishiga olib keladi. Bundan tashqari, alkogolning COVID-19 preparati bilan kombinatsiyasi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, deb ta’kidlaydi Isayev.

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda jami 47 million kasallanish holati qayd etilgan. Shundan 34 million bemor shifo topgan bo‘lsa, 1,2 milliondan ortiq odam vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallik qayd etilgan jami 67 626 nafar bemordan 64 885 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 167 nafar bemordan 257 nafari og‘ir, 69 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' koronavirus

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing