“Special One” APLga qaytdi

Sport

image

“Tottenxem Xotspur” klubi Joze Mourinoni Angliyaga qaytardi. Portugaliyalik mutaxassis londonliklarning yangi murabbiy bo‘ldi. Bu haqda klub rasman e’lon qildi.

Mourino “Tottenxem”da yiliga 13 mln yevro maosh oladi.

19 noyabr kuni 2014 yildan buyon “Tottenxem”ni boshqarib kelgan Maurisio Pochettino lavozimini tark etgandi. Shu vaqtdayoq uning o‘rnini Mourino egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” bo‘lib qolayotgandi. Portugaliyalik mutaxassis manchesterliklar klubi boshqaruvini 2018 yilning dekabrida tark etgandi.

U muqaddam ikki marta “Chelsi”ni boshqargan va jamoa bilan uch marta APL chempioni bo‘lgan (2005, 2006, 2015). 

"Tottenxem” joriy mavsumda Angliya Premer ligasida 12 o‘yinda 14 ochko to‘pladi va ayni vaqtda turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 12 o‘yinda 34 ochko to‘plagan “Tottenhem”Liverpul” boshqarib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Tottenxem

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing