Mourino “El-Klasiko”dagi ğalabaning muhim omilini aytdi
Sport
−
13:18 730 2 daqiqa
“Real” boş murabbiyi Joze Mourino La Liganing 10-turida “Barselona” ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi ğalabaga yarim himoyaçilar bilan hujum qiliş taktik qarori yordam berganini aytdi. Bu haqda Mourino uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida söz oçdi.
“Men Kamavingaga “Borib, oçiq maydonda hujum qil”, dedim. “Barselona”ga qarşi öyinda hujumçilar uçun böş hudud topiş juda qiyin. Yagona yeçim – buni yarim himoyaçilar orqali amalga oşiriş. Hujumçilar bunday harakat qilganda, “Barselona” himoyasi bunga tayyor böladi. Natijada hujumçilar ofsaydga tuşib qolişi yoki uzun uzatmani Joan Garsiya qaytarişi mumkin. Kamavinga va Bellingem kabi yarim himoyaçilardan foydalanib, raqib himoya çiziğini yorib ötiş ğoyam iş berdi”, deydi Mourino.
Ma’lumot uçun, “Real” boş murabbiyi Joze Mourino 2010-2013 yillarda jamoani boşqargan davrida “Barselona”ga qarşi 17 ta “El-Klasiko”da iştirok etgan. Uşbu uçraşuvlarda madridliklar 5 marta ğalaba qozongan, 6 bor durang öynagan va 6 marta mağlub bölgan. Keça, 25 oktyabr kungi ğalaba Mourinoning kataloniyaliklar ustidan qozongan 6-ğalabasi böldi.
Uşbu ğalabadan söng “Real” “El-Klasiko”lar tarixidagi ğalabalar soni böyiça yagona yetakçiga aylandi. Hozirda madridliklar hisobida 107 ta ğalaba bor. “Barselona” esa 106 marta zafar quçgan. Yana 52 ta uçraşuv durang bilan yakunlangan.
“Real” keyingi uçraşuvini joriy yilning 1 noyabr kuni safarda “Rasing”ga qarşi ötkazadi. “Barselona” esa bir kun oldin öz maydonida “Alaves”ni qabul qiladi.
Live
Barchasi