Spalletti “Yuventus”ni boshqarishga rozi bo‘ldi – Romano
Sport
−
30 Oktabr 2025 1298 1 daqiqa
“Napoli” va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti “Yuventus” klubini boshqarishga rozi bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Spalletti turinliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va tomonlar hozirda shartnoma tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Shartnoma 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, agar “Yuventus” 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, shartnoma avtomatik ravishda yana bir mavsumga uzaytiriladi.
Spalletti so‘nggi bor Italiya terma jamoasida ishlagan, undan avval esa “Napoli”ni A Seriya chempioniga aylantirgan edi. U, shuningdek, “Inter”, “Roma” va boshqa bir qancha klublarda ham faoliyat yuritgan. Avvalroq, mutaxassis “Yuventus”dan kelgan bir nechta takliflarni rad etgani ham ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, jamoani shu yilning mart oyidan beri Igor Tudor boshqargan edi, biroq sakkiz o‘yindan iborat g‘alabasiz va So‘nggi to‘rtta o‘yindagi gol seriyadan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025