SpaceX Oyga astronavtlarni yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritdi
Texnologiya
−
17 aprel 2021
4293Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi 2024 yilda Oyga astronavtlarni yuborish uchun shartnoma qo‘lga kiritdi. Bu haqda NASA xabar bergan.
"NASA bizni Oyga qaytarish uchun SpaceX'ni tanladi. Men SpaceX bilan hamkorligimizdan juda mamnunman", degan NASA'ning odamlarni oyga yuborish dasturi rahbari Liza Uotson-Morgan.
Konkursda shartnomani qo‘lga kiritish uchun SpaceX'dan tashqari Dynetics, Lockheed Martin bilan hamkorlikdagi Blue Origin, Northrop Grumman va Draper kompaniyalari ham ishtirok etgandi.
Xabarda qayd etilishicha, kelajakda astronavtlarning xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘p marotaba foydalaniladigan Starship kosmik kemasida sinovlar o‘tkaziladi.
Avvalroq, amerikalik multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kosmik kemasi prototipi qo‘nishi paytida portlab ketgani haqida xabar bergandik.
Starship kosmik kemasi va o‘ta og‘ir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga mo‘ljallangan.
LiveBarchasi