SpaceX koinotga maxfiy harbiy dron uchirdi

Olam

image

Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Falcon Heavy raketasi yordamida AQSH Qurolli Kuchlarining X-37B eksperimental uchuvchisiz kosmik samolyotini koinotga yubordi. Bu haqda kompaniya o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

“Falcon Heavy 39A Launch Complex’dan USSF-52 missiyasini orbitaga olib chiqdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, bu 2010 yildan beri X-37B kosmik samolyoti uchun yettinchi sinov parvozi bo‘ldi.

AQSH Mudofaa vazirligi USSF-52 missiyasi X-37B sinovlari bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. Dastlab uchirish 7 dekabrga rejalashtirilgan edi, biroq ob-havo yomonligi sababli parvoz sanasi bir necha bor ortga surildi.

"Sinovlar yangi orbital rejimlarda qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik samolyotni boshqarish, kelajakdagi kosmik domendan xabardorlik texnologiyalari bilan tajriba o‘tkazish va NASA tomonidan taqdim etilgan materiallarga radiatsiya ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga oladi", deyiladi Pentagon bayonotida.

Ma’lumot uchun, X-37B harbiy samolyoti Boeing va Lockheyed Martin aerokosmik kompaniyalari tomonidan AQSH havo kuchlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Qurilma 2011 yilda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan, kichraytirilgan, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kemaga o‘xshaydi. Uning uzunligi taxminan 9 metr, qanotlari kengligi 4,5 metr, massasi esa besh tonnaga yaqin. Apparat bortida 900 kilogrammgacha yukni tashiy oladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

koinot SpaceX maxfiy harbiy dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing