Sovuq suv uchun tariflar oshiriladi
Jamiyat
−
12 avgust 2019
7589Toshkentda sovuq suv uchun tariflar oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK Matbuot xizmat xabar berdi.
“Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan 2019 yil 9 avgustdagi Reyestr 09-TG-2019-sonli deklaratsiyaga muvofiq 2019 yil 24 avgustdan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritilgan”, deyiladi xabarda.
Suv uchun yangi tariflar quyidagicha o‘rnatiladi:
Suv ta’minoti bo‘yicha – 1 m3 uchun 310 so‘m QQS siz,
Oqava suv bo‘yicha – 1 m3 uchun 250 so‘m QQS siz
Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 2 apreldagi 499-sonli qaroriga binoan, Toshkent shahri iste’molchilar uchun, ichimlik suv ta’minoti xizmatlari uchun Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-sonli qarori bilan belgilangan 100 so‘m m3 miqdoridagi maxsus ustama haq miqdori 2019 yildan amal qilinishi uzaytirilgan, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdori 100 so‘m m3 etib belgilangan.