Elektr energiyasi tariflari 7 yilga muzlatilishi mumkin. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘istonda elektr energiyasi tariflari yetti yilga muzlatilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Energetika vazirining “Elektr energiyasiga chegara tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq loyihasida so‘z boradi.

Hujjatda aytilishicha, joriy yilning 8 oktyabrida mamlakat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev raisligida makroiqtisodiy nomutanosibliklar va inflyatsion xatarlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan. Uning yakunlariga ko‘ra, makroiqtisodiy barqarorlik bo‘yicha choralar ko‘rish topshirig‘i berilgan. Shu tariqa, elektr energiyasiga chegara tariflarining o‘sishini muzlatish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

“Ushbu buyruq 2026-2032 yillar uchun elektr energiyasiga maksimal tariflarni 2025 yildagi elektr energiyasi uchun maksimal tariflar darajasida tasdiqlashni nazarda tutadi. Shuni ta’kidlash kerakki, 2026-2032 yillar uchun maksimal tariflarni tasdiqlash bitta xaridorning narxiga ta’sir qilmaydi, chunki maksimal tariflar 2025 yil uchun maksimal tariflar darajasida tasdiqlanadi”, deyiladi loyihada.

Tasdiqlangan tariflarning kuchga kirish muddati 2026 yil 1 yanvar. Ularning amal qilish davri 2026-2032 yillar. Loyiha joriy yil 17 dekabrgacha ommaviy muhokamada bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda elektr energiyasi ta’minotiga cheklovlar joriy qilingani haqida xabar berilgan edi. Elektr tarmoqlarini taqsimlash kompaniyasi vakillari elektrni o‘chirish va cheklashlarni Nurek suvomboridagi suv sathining pastligi bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston elektr energiyasi tarif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing