Sovuq havoda nega niqob taqish shartmasligi aytildi

Foydali

image

Sovuq kunlarda zarurat bo‘lmasa, niqob taqish shart emas. Chunki niqoblar sovuq havoda tezda namlanadi va soviydi. Bu haqda Moskva shahar OITSning oldini olish va unga qarshi kurash markazi ilmiy-klinik bo‘limi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Yelena Belova ma’lumot bergan.

“Niqob - bu sovuqda isimaydigan element. Shuning uchun, agar siz kimsasiz ko‘chada yurgan bo‘lsangiz, niqobingizni yechib oling. Shuni tushunish kerakki, nafas olayotganimizda va gaplashayotganimizda, niqobning yuzga tutashgan qismida namlik paydo bo‘ladi”, degan Belova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar himoya vositalarini taqishni “o‘rgatgan”, lekin niqob ho‘l bo‘lgan taqdirda, uni yechib tashlash va uloqtirish kerakligiga e’tibor bermagan. 

Belovaning so‘zlariga ko‘ra, niqob faqat odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda, masalan, bekatlarda kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

niqob

Baholaganlar

837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing